Qurilish-montaj ishlarini nazorat o'lchovidan o'tkazish

Bino va inshootlarning hujjatlarda ko'rsatilgan me'yorlarga muvofiqligini aniqlaydigan aniq o'lchovni amalga oshiramiz

Nazorat o'lchovi natijasida quyidagilar aniqlanadi:

Mavjud bo'lmagan ishlarni ro'yxatdan o'tkazish

Arzonroq materiallardan foydalanish

Obyektlarning tugallanmaganligi

Batafsil ma'lumot
measurment

40+

Obyektlarda nazorat o'lchovi amalga oshirildi

01

supervision

02

Qurilish ishlari bo'yicha mukammal texnik nazorat

Biz quyidagilarni bajarilishini ta'minlaymiz:

Qurilish ishlarining muddatlarini smetaga muvofiqligini

Qurilish-montaj ishlari uchun ajratilgan mablag'larni tejalishini

Ijrochi tomonidan qurilish jarayonida sifatli materiallardan foydalanilishini

Qurilish-montaj ishlarini sifatli bajarilishini

Texnik nazorat mijozga nima beradi?

Texnik nazoratning asosiy vazifasi - obyektni tekshirish hamda aniq yoki yashirin nuqsonlarni aniqlash. Agar biror-bir og'ish aniqlansa - bu obyektni rejalashtirilgan muddatda yakunlashni jiddiy ravishda kechiktirishi mumkin.

01

O'zbekistonning barcha hududlarida mavjudlik

Biz Toshkent shahri, Toshkent viloyati va O'zbekistonning boshqa mintaqalaridagi obyektlar bilan ishlaymiz.

02

Reglamentlarga muvofiqlik

Qurilish ishlarining qoidalar, standartlar va boshqa me'yorlarga muvofiqligi yuqori sifatni ta'minlaydi

03

Materiallar nazorati

Laboratoriya sinovlaridan o'tgan xavfsiz qurilish materiallaridan foydalanishni ta'minlaymiz

04

Hujjatlarni tekshirish

Hujjatlarni tekshirish qoidabuzarliklarni aniqlashga yordam beradi va kelajakdagi muammolar hamda operatsion xarajatlarni oldini olishga yordam beradi

Bizning mutaxassislarimiz qanday ishlaydi:

Tekshirish vazifalarini aniqlaymiz

Malakali ekspertlardan iborat ishchi guruhini tuzamiz

Nazorat faoliyatlarini amalga oshiramiz

Bajarilgan ishlar to'g'risida hisobot tuzamiz

Bizning ofislarimiz:

50+ filiallar

Nazorat o'lchovini amalga oshirgan obyektlarimiz:

Biz mijozlarimizning ishonchini qozonish va halollik tamoyillari asosida faoliyat yuritamiz

30+

Malakali mutaxassislar

40+

Tugallangan loyihalar

"SQB Construction" MChJ kompaniyasi 2019-yilda tashkil topgan bo'lib, qurilishi tugallangan bino va inshootlarda nazorat o'lchovini amalga oshirish hamda qurilish davomida bino va inshootlarni texnik nazorat qilish bo'yicha o'z xizmatlarini taklif etadi.

2021-yil 1-iyul holatiga ko'ra, tashkilotimiz 40 dan ortiq obyektlarda nazorat o'lchovi ishlarini olib bordi, ko'plab yirik davlat va xususiy tashkilotlar bilan kelishuvlarga erishdi va ular bilan hamkorlik o'rnatdi.

Bizning qadriyatlarimiz

1
Mas'uliyat

Kompaniyamiz amalga oshirib bo'lmaydigan majburiyatlarni hech qachon o'z zimmasiga olmaydi, va'da qilgan har bir ishimizni mijozimizning talablariga to'liq mos kelishi va ishning kelishilgan aniq vaqtda tugatilishiga javobgarmiz.

2
Mijozlarga e'tibor

Biz mijozlarimizning ehtiyojlarini diqqat bilan o'rganamiz. Mijozlarimizning qiziqishlari va istaklarini inobatga olgan holda, ularning loyihalarini amalga oshirishning eng yaxshi variantlarini taklif etamiz.

3
Innovatsiyalar

Biz zamon bilan hamnafas bo'lgan holda, qurilish-montaj ishlarida aniq texnik nazoratni o'tkazishda yuqori natijalarga erishishga yordam beradigan yangi usullardan foydalanamiz.

4
Professionallik

Bizning jamoamiz 50 dan ortiq mutaxassislardan iborat bo'lib, ularning mahorat darajasi vazifalarni tez va samarali bajarishga imkon beradi.

Kompaniya o'z hamkorlik tarmog'ini rivojlantirish uchun faol ishlamoqda

Biz barcha turdagi obyektlar bilan ishlaymiz

Kichkina uylardan baland qavatli murakkab inshootlargacha

Biz butun O'zbekiston bo'ylab ishlaymiz

Biz Toshkent shahri, Toshkent viloyati va O'zbekistonning boshqa mintaqalaridagi obyektlar bilan ishlaymiz.

Barcha ishlarimiz hujjatlashtiriladi

Tugallangan ish haqida haftalik hisobotlar orqali bilib olishingiz mumkin

Telefon

+998 71 244 51 05

Manzil

Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abay ko'chasi, 10-A uy

Elektron pochta

office@sqbc.uz

Ish vaqti

Du - Ju. 9:00 - 18:00