Biz mijozlarimizning ishonchini qozonish va halollik tamoyillari asosida faoliyat yuritamiz

40+

Malakali mutaxassislar

80+

Tugallangan loyihalar

"SQB Construction" MChJ kompaniyasi 2019-yilda tashkil topgan bo'lib, qurilishi tugallangan bino va inshootlarda nazorat o'lchovini amalga oshirish hamda qurilish davomida bino va inshootlarni texnik nazorat qilish bo'yicha o'z xizmatlarini taklif etadi.

2021-yil 1-oktabr holatiga ko'ra, tashkilotimiz 80 dan ortiq obyektlarda nazorat o'lchovi ishlarini olib bordi, ko'plab yirik davlat va xususiy tashkilotlar bilan kelishuvlarga erishdi va ular bilan hamkorlik o'rnatdi.

Kompaniya tarixi

Kompaniyaning asosiy ta'sischisi "O'zsanoatqurilishbank" ATBning investitsiya kompaniyasi - "SQB Capital" MChJ bo'lib, uning ustav kapitalidagi ulushi 99% dan ortiqdir. "SQB Construction" MChJ qurilish va arxitektura sohalarida xizmatlar ko'rsatishga ixtisoslashgan.

Kompaniyada ilgari "O'zsanoatqurilishbank" ATB tarkibida ishlagan 40 dan ortiq yuqori malakali muhandislar faoliyat yuritadilar. Muhandislarning asosiy qismi qurilish sohasida 10 yildan ortiq ish tajribasiga ega. Shu bilan birga, Kompaniya yuqorida ta'kidlangan yo'nalishlar bo'yicha ixtisoslashgan oliy o'quv yurtlari bitiruvchilarini muntazam ravishda ishga jalb qilib kelmoqda.

Kompaniya muhandislari O'zbekiston Respublikasining barcha hududlarida mavjud bo'lib, bu Kompaniyaga yuklatilgan vazifalarning tezkorlik bilan bajarilishiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.

staff
staff

Bugungi kunda ko'rsatilayotgan asosiy xizmat turlari:

01 Nazorat o'lchovini o'tkazish

02 Qurilish-montaj ishlari bo'yicha texnik nazoratni amalga oshirish

03 Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish

Kompaniyaning rivojlanish rejasida quyidagi xizmatlarning joriy etilishi e'tiborga olinadi:

Bino va inshootlarning texnik holati to'g'risida xulosalar berish

Topografik xaritalarni ishlab chiqish

Muhandislik-geodezik va muhandislik-geologik ishlar

Qurilish materiallarini sinash laboratoriyasining ochilishi

Bizning qadriyatlarimiz

1
Mas'uliyat

Kompaniyamiz amalga oshirib bo'lmaydigan majburiyatlarni hech qachon o'z zimmasiga olmaydi, va'da qilgan har bir ishimizni mijozimizning talablariga to'liq mos kelishi va ishning kelishilgan aniq vaqtda tugatilishiga javobgarmiz.

2
Mijozlarga e'tibor

Biz mijozlarimizning ehtiyojlarini diqqat bilan o'rganamiz. Mijozlarimizning qiziqishlari va istaklarini inobatga olgan holda, ularning loyihalarini amalga oshirishning eng yaxshi variantlarini taklif etamiz.

3
Innovatsiyalar

Biz zamon bilan hamnafas bo'lgan holda, qurilish-montaj ishlarida aniq texnik nazoratni o'tkazishda yuqori natijalarga erishishga yordam beradigan yangi usullardan foydalanamiz.

4
Professionallik

Bizning jamoamiz 40 dan ortiq mutaxassislardan iborat bo'lib, ularning mahorat darajasi vazifalarni tez va samarali bajarishga imkon beradi.

Kompaniya ustavi

Kompaniya o'z hamkorlik tarmog'ini rivojlantirish uchun faol ishlamoqda

Kompaniya tuzilmasi

Kuzatuv kengashi

"SQB Construction"ning Kuzatuv kengashi 5 kishidan iborat

Kengash raisi

Sh.Mamurov ("SQB Capital" MChJning Yangi korxonalarni tashkil qilish va moliyalashtirish bo'limi boshlig'i)

Kengash a'zolari

A.Imomaliev ("O'zsanoatqurilishbank" ATBning Davlat dasturlari loyihalari bilan ishlash departamenti boshqarma boshlig'i)

Sh.Raximov ("O'zsanoatqurilishbank" ATB Komplaens-nazorati departamenti bosh mutaxassisi (muhandis))

A.Nazarov ("O'zsanoatqurilishbank" ATB Yuridik departamenti direktori o'rinbosari)

F.Maraimov ("SQB Capital" MChJning Yangi tashkil qilingan korxonalarning faoliyatini monitoring qilish bo'limi boshlig'i)